Peshkuda tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot va taqdirlash marosimi o‘tkazildi
2026-06-11 17:35:00 / Yangiliklar

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan mas’ul, Buxoro viloyati shtabi rahbari Shavkat Sardorovich Javlonov “Ayollar daftari” tizimi orqali xotin-qizlarni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Xafiza To‘ymurodovna Artikova hamda Peshku tumani hokimi Hayot Hasanovich Davlatov ham so‘zga chiqib, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak choralari haqida fikr bildirdilar.
Muloqot davomida tadbirkor ayollar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, amaliy taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. Mutasaddilar tomonidan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda istiqboldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Tadbir yakunida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-maydagi 239-son qaroriga muvofiq “Ayollar daftari” yo‘nalishi doirasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida g‘olib deb topilgan ishtirokchilarga zarur asbob-uskunalar va tikuv mashinalari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirishda alohida namuna ko‘rsatib kelayotgan, tadbirkorlik tashabbuslari orqali yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol tadbirkor ayollar taqdirlandi.
Mazkur uchrashuv xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish va jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.









