“Peshku limonchilik ravnaqi” — bandlik va farovonlik manbai
2026-06-12 17:10:00 / Yangiliklar
Peshku tumani Ibn Sino MFY, Ibn Sino qishlog‘ida istiqomat qiluvchi tadbirkor Rajabova Nodira Baxronovna “Peshku limonchilik ravnaqi” tadbirkorlik faoliyati doirasida limonchilik sohasi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib kelmoqda. Tadbirkor tomonidan oyiga o‘rtacha 300 million so‘m daromad olinmoqda.
Shu bilan birga, N. Rajabova tomonidan tashkil etilgan “Limonchilik” maktabida 45 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, ularning bandligi ta’minlanmoqda. Mazkur faoliyat hududda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni kasbga yo‘naltirish va daromad manbalarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirkor xonadoniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Baxriddinovna Mahkamova tashrif buyurdi. Tashrif davomida tadbirkorning limonchilik yo‘nalishidagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi, nuroniy ayollar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi hamda N. Rajabovaning ish faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, tashrifda Peshku tumani hokimi Hayot Davlatov ham ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan ish o‘rinlari va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda Zulayxo Mahkamova tadbirkorning erishayotgan yutuqlarini e’tirof etib, kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.









