Peshku tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-06-12 14:05:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 12-iyun kuni Peshku tuman hokimi Hayot Davlatov tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida tuman hokimligi binosida fuqarolarning ommaviy qabuli o‘tkazildi.
Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda 35 nafarga yaqin tuman aholisi ishtirok etdi.
Fuqarolar tomonidan ijtimoiy yordam olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiyot xizmatlari, doimiy ish bilan ta’minlash, tabiiy gaz va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Qabul davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha vaqt va o‘rganishni talab etadigan masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Bunday qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etishga xizmat qilmoqda.




