“Ijro intizomi – samaradorlik omili”
2026-06-03 17:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning o‘tgan davri davomida tuman hokimligi apparatida ijro intizomi holati 40 marotaba muhokama yig‘ilishlari o‘tkazilgan bo‘lib, ijro hujjatlari muddatida bajaralishi har haftaning dushanba kuni tuman hokimi huzurida, haftaning juma kunlari tuman hokimining birinchi o‘rinbosari huzurida muhokama yig‘ilishlari o‘tkazib kelindi.
Bundan tashqari “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga jami 3 387 ta hujjatlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ushbu hujjatlarda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha haftalik apparat yig‘ilishlarida muhokama qilib borildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning tahlili.
Tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash belgilangan talablar asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davri davomida “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga jami 409 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ro‘yxatga olinib ijrosi nazoratga olindi hamda murojaatlarning ijrosiga oid hujjatlari mas’ullar tomonidan “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga o‘z vaqtida yuklab borish kerakligi bo‘yicha haftalik apparat yig‘ilishlarida muhokama qilib borildi.
Tuman hokimi va tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan jadvallarga asosan fuqarolarning qabullari olib borilmoqda, o‘tkazilgan qabullar davomida qabul varaqalari rasmiylashtirilib, masalalar yechimi bo‘yicha yozma javoblar yuborilgan.
