“Ijro intizomi – samaradorlik omili”
2026-05-14 16:55:00 / Yangiliklar
Tuman hokimligi, tumandagi tashkilotlar va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori talablariga binoan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar olib borildi. Jumladan:
Peshku tuman hokimligi boshqaruv apparatida 2026 yilning o‘tgan uch oyi (yanvar, fevral, mart oylari) davomida 18 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, 60 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmonlari va Farmoyishlari, 65 ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror va Farmoyishlari ro‘yxatga olinib, ushbu qonun va qonunosti hujjatlardagi topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”lar ishlab chiqilib, ma’sullarga yetkazildi va ijrosi nazoratga olindi.

Joriy yilning o‘tgan uch oyi (yanvar, fevral, mart oylari) davomida tuman hokimligi apparatida ijro intizomi holati 24 marotaba muhokama qilingan bo‘lib, ijro hujjatlari muddatida bajaralishi har haftaning dushanba kuni tuman hokimi huzurida, haftaning juma kunlari tuman hokimining birinchi o‘rinbosari huzurida muxokama qilib borilmoqda.
Bundan tashqari o‘tgan uch oyi (yanvar, fevral, mart oylari) davomida “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga jami 1 982 ta hujjatlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ushbu hujjatlarda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha haftalik apparat yig‘ilishlarida muxokama qilib borildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning tahlili.
Tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash belgilangan talablar asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan uch oyi (yanvar, fevral, mart oylari) davomida “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga jami 303 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ro‘yxatga olinib ijrosi nazoratga olindi hamda murojaatlarning ijrosiga oid hujjatlari mas’ullar tomonidan “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga o‘z vaqtida yuklab borish kerakligi bo‘yicha haftalik apparat yig‘ilishlarida muxokama qilib borildi.
Tuman hokimi va tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan jadvallarga asosan fuqarolarning qabullari olib borilmoqda, o‘tkazilgan qabullar davomida qabul varaqalari rasmiylashtirilib, masalalar yechimi bo‘yicha yozma javoblar yuborilgan.
Peshku tuman hokimligi boshqaruv
apparati ijro intizomi nazorati
bo‘yicha bosh mutaxassisi K.Hamroyev
