Afshonada O‘zbekiston–Xitoy ta’lim uchrashuvi o‘tkazildi
2026-04-22 17:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida Xitoydan malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etish, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va tajribalarni o‘zaro almashish, ayniqsa tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bu esa kelgusida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashda muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, mehmon texnikum rahbariyati bilan samimiy ruhda uchrashuv o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda istiqbolda memorandum va kelishuvlarni imzolash masalalarini muhokama qildi. Tomonlar hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashib, kelgusida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Tashrif doirasida talabalar bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi. Unda bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va madaniy aloqalarning tobora kengayib borayotgani, bu jarayon yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochayotgani alohida qayd etildi. Talabalar mehmon bilan bevosita suhbat qurib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro tajribani keng joriy etish va yoshlar salohiyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.







