Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan «Mahallalarda tomorqa xo‘jaligida daromad topishni rivojlantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
2026-04-03 16:25:00 / Yangiliklar

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mahallalarda yetishtirilgan mahsulotlar ahamiyatli rol o‘ynaydi. Bu esa asosiy oziq-ovqat turlarining narxi keskin oshib ketishini oldini olish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importida imtiyozlardan foydalanish va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Peshku tumani Ibn-Sino mahallasi Afshona qishlog‘ida “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mening hissam” shiori ostida amaliy seminar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar tomorqadan samarali foydalanish, har bir bo‘sh joydan unumli ishlatish va “O‘z uyingdan, o‘zing unumli foydalan” shiori ostida amaliy treninglar olib borildi.
Seminar ishtirokchilari amaliyotda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab maslahatlar, ilg‘or texnologiyalar va intensiv yetishtirish usullari bilan tanishdi. Shuningdek, xotin-qizlar tomorqadan iqtisodiy foyda olish va mahallalarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shish yo‘llari bo‘yicha to‘liq ma’lumot oldilar.
Mazkur tadbir mahalla aholisi va ayniqsa xotin-qizlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish orqali barqaror oziq-ovqat ta’minotini ta’minlash va mahalla iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.






