Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Peshku tumandagi Chalmagadoy va Chakalon qishloqlarini bog‘laydigan yo‘l juda abgor ahvolda. Sarlavhasi ostida qoldirilgan murojaat
2026-03-22 12:20:00 / RASMIY MUNOSABAT
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Peshku tumandagi Chalmagadoy va Chakalon qishloqlarini bog‘laydigan yo‘l juda abgor ahvolda. Sarlavhasi ostida qoldirilgan murojaat Peshku tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi xodimlari tomonidan o'rganilib, tasarrufida bo‘lgan mahalliy ahamiyatdagi 80V 062 “D067 a/y ning (313 km dan) – Degdavon q – Chakalon q – Xurram q” avtomobil yo‘lining 0–2 km qismi 2024-yilda “Open budjet” dasturi asosida ovoz yig‘ish yo‘li orqali joriy ta’mirdan chiqarilgan.
Shuningdek, 2025-yil noyabr oyida mazkur yo‘lning 2–6 km oralig‘ida muassasamiz tomonidan aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish (yamash ishlari) amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, 80V 062 a yo‘nalishi bo‘yicha Chakalon va Sarikunda qishloqlariga olib boruvchi avtomobil yo‘lining 0–2 km qismini 2026-yil davlat dasturi asosida ta’mirlash rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda mahalliy ahamiyatdagi 80V 062 “D067 a/y ning (313 km dan) – Degdavon q – Chakalon q – Xurram q” avtomobil yo‘lining 3–6 km qismi ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlangan. Mazkur yo‘lni ta’mirlash yuzasidan tegishli takliflar Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga taqdim etilgan.
Ushbu takliflar inobatga olinib, davlat dasturlari doirasida zarur mablag‘lar ajratilgach, yo‘lni bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
