Peshku tumani 1- sonli bolalar va o'smirlar sport maktabining direktori Fayzullayev Narzullo Nurilloyevichning murojaati
2026-03-02 09:05:00 / Peshku tumanida o'tkazilgan Brifinglar
Peshko‘ tumani 1-son sport maktabi Peshko‘ tumani Mustaqillik MFY Do‘stlik ko‘chasi 51-uyda joylashgan.
Peshko‘ tumani 1-son sport maktabida 89.50 shtat birligi mavjud. 91 nafar xodim ishlamokda.
Sport maktabida 67 nafar trener, shundan 34 nafari oliy ma’lumotli, 33 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Shundan 27 nafar trenerlar oliy o‘quv yurtiga sirtqi o‘qimoqda.
Ayol trenerlar soni 37 nafar.

Trenerlarning 11 nafari ikkinchi toifa, 17 nafari birinchi toifa hamda 12 nafari oliy toifaga ega.
Sport maktabida 2 nafar instruktor-metodist faoliyat yuritadi. Shulardan 1 nafari Oliy toifali, 1 nafari Birinchi toifali mutaxassis.
Sport maktabida jami 2886 nafar sportchi mavjud bo‘lib, ulardan 854 nafarini qiz bolalar tashkil etadi.
Faoliyat ko‘rsatayogan 22 ta sport turlari shundan:
Olimpiya sport turlari bo‘yicha 13 ta.
Badiiy gimnastika, Badminton, Basketbol, Voleybol, Gandbol, Stol tennisi, Taekvon-do WTF, Dzyu-do, Futbol, Erkin kurash, Yengil atletika, Og‘ir atletika, Velosport (shosse)
Milliy sport turlari bo‘yicha 2 ta.
Kurash, O‘zbek jang san’ati
Adaptiv sport turlari bo‘yicha 3 ta
Para dzyudo, para yengilatletika, para taekvondo
Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha 3 ta
Penchak silat, Jiu-Jitsu, Kikboksing
Hukumat qaroriga asosan sport turlari bo‘yicha 1 ta.
Shaxmat
Sport maktabida faoliyat olib borayotgan 67 nafar trener tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 30 tasini qamrab olgan. Jami 2886 nafar o‘quvchi yoshlar sport maktabiga jalb qilingan.
Sport maktabida jami 486 nafar 14-30 yoshli sportchilar qamrab olingan.
Sport maktabi sportchilari tomonidan 2025 yil davomida jami 118 ta medallar qo‘lga kiritilgan.
Shulardan;
Jaxon va Osiyo chempionati va kuboklarida: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza
O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarida: 22 ta oltin, 27 ta kumush va 21 ta bronza
Xalqaro turnirlarda: 9 ta oltin, 11 ta kumush va 13 ta bronza
Shuningdek, sport maktabida Sport ustasi 3 nafar, sport ustaligiga nomzod 33 nafar, birinchi sport razryadi 32 nafar, ikkinchi sport razryadi 78 nafar, uchinchi sport razryadi 10 nafar, 3-o‘smirlar sport razryadi 180 nafar, 2-o‘smirlar sport razryadi 120 nafar, 1-o‘smirlar sport razryadi 49 nafarni tashkil etadi.
Sport maktabining asosiy bazasida 1 ta sportning o‘yin turlari uchun 18x36 o‘lchamdagi sport zal, 1 ta 20x40 hajmdagi sun’iy qoplamali minifutbol maydoni hamda 1 ta 90x45 hajmda futbol maydoni mavjud.
Markaziy o‘yingohda 1 ta 70x110 o‘lchamda tabiiy chim qoplamali futbol maydoni, 1 ta 18x12 m o‘lchamdagi basketbol maydoni bor.
