“Peshkutumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig'i M.Axmedovning murojaatnomasi
2026-02-26 20:05:00 / Peshku tumanida o'tkazilgan Brifinglar

25.02.2026 yil holatda tabiiy gazdan qarzdorlik jami 789,7 mln so‘m bo‘lib, shundan aholi 353,4 mln so‘m, ulgurji 436,3 mln so‘mni tashkil yetadi. Haqdorlik 1 131,7 mln so‘mni tashkil yetadi.
Tumanda tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida Chiqirchi MFY Shodlik ko‘chasida 547 metr kesimi d-76 mmli gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi hamda tumanda jami 2 500 metr kesimi d-76 mmli gaz quvurlari rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Qolgan ishlar davom ettirilmoqda. Shu bilan birga Bog‘imuso MFY Yangi yer qishlog‘i o‘rta bosimli yer osti gaz quvurini mukammal ta’mirlash kesimi D-159 mmli 2,0 km, Yangi bozor MFY Ibn Sino ko‘chasida kesimi D-76 mmli 600 metr o‘rta bosimli yer osti gaz quvurini rekonstruksiya qilish, Obidxo‘ja MFY Obidxo‘ja qishlog‘ida kesimi D-159 mmli 2,9 kmli yuqori bosimli yer osti gaz quvurini mukammal ta’mirlash va Romitan tuman Garanshox MFY hududidan o‘tuvchi kesimi D-250 mmli 6,5 km gaz quvuri Peshku tumanini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yuqori bosimli yer osti polietilen gaz quvurini mukammal ta’mirlash ishlari 2026-2027 yil kuz qish mavsumi boshlangan kunga qadar bajarilishi rejalashtirilgan. Jami bo‘lib 11,4 km gaz quvuri mukammal ta’mirlash va 600 metr gaz quvuri rekonstruksiya
qilinishi rejalashtirilgan.
Axoli xonadonlarni 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumida uzluksiz gaz ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida tumanda mavjud 75 dona gaz maromlash punktlari taftishdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda aholini va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida GMPlarni rejim sozlash ishlari olib borilmoqda.
Tumanda jami 448,9 km turli xil diametrli gaz quvuri mavjud bo‘lib, yuqori 28,7 km, o‘rta bosim 172,9 km va past bosim 246,0 km gaz quvuri mavjud. Romitan -1 GTS da 218,0 km, shundan yer osti 36,8 km va yer usti 182,5 km gaz quvurini tashkil yetadi. Romitan -2 GTS dan 229,6 km gaz quvuri bo‘lib, shundan yer osti 5,0 km, 224,6 km gaz quvuri yer usti gaz quvurini tashkil yetadi.
Peshku tumanimizda suyultirilgan gaz ballon oladigan abonentlar soni 17 470 tani tashkil yetadi yil boshidan 462,6 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi, yil yakuniga qadar yana 3 040 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan. 27 MFYga 5 ta ISUZI avto mashinasi orkali maishiy gaz ballon yetkazib beriladi.
Bugungi kunda suyultirilgan gazning xar bir xonadonga tarqatilish davriyligi 30-35 kuni tashkil yetadi.
