Peshku tuman Kambag'allikni qisqartirish va Bandlikga ko'maklashish bo'limining Ish beruvchilar bilan va ishga joylashtirish shu’ba mudiri Ne’matov Muxriddin Muhiddinovich
2026-02-23 18:15:00 / Matbuot anjumanlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 25 693 nafar aholi bandligi bo‘yicha reja qilib olingan.
Jumladan
3 235 nafar fuqaroni doimiy ishlarga joylashtirish yo‘nalishida;
3 771 ta ish o‘rinlarini soyadan chiqarish yo‘nalishida;
18 684 nafar fuqarolarni daromadini oshirish yo‘nalishida.
Kambag‘al oyilarni daromadini oshirishda amaoga oshiriladigan ishlar
Tumanimizda 1 130 nafar kambag‘al oilaning 4,6 ming nafar a’zolarini daromadni oshirishga qaratilgan quyidagi xizmatlar bilan qamrab olanadi.
Jumladan:
- Doimiy ishga joylashtirish hisobiga 396 ta;
- Kambag‘al oila daromadini oshirish orqali 181 ta;
- Kasb-hunarga o‘rgatish orqali bandligini ta’minlash va boshqa yo‘nalishlar hisobiga 68 ta;
- Norasmiy faoliyatini legallashtirish hisobiga 124 ta;
-Tadbirkorlikka jalb qilish va boshqa yo‘nalishlar hisobiga 361 ta kambag‘al oilani daromadni oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qarmab olish reja qilib olindi.
Joriy yil yakuniga qadar tijorat banklari va hokim yordamchilari bilan birgalikdahar bir mahallada o‘rtacha 40 tadan jami 1 440 ta mikroloyihalar ishga tushirilib, 2 280 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Mazkur ishlarni amalga oshirish natijasida 2026 yil yakuni bilan ishsizlik va kambag‘allik darajasi 2 foizga tushirish reja qilib olganmiz.
