Peshku tuman Bog'imuso mahalla fuqarolar yig'inida faoliyat yuritayotgan zardo'z hunarmand.
2026-02-19 11:15:00 / Yangiliklar

Hozirgi kunda u 5 nafar imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga zardo‘zlik hunari sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. Ustoz shogirdlariga alohida e’tibor qaratib, ularni nafaqat kasb-hunarga, balki mustaqil mehnat qilish, buyurtmalar qabul qilish va daromad topish ko‘nikmalariga ham o‘rgatmoqda. Shogirdlar amaliyot jarayonida tayyorlayotgan mahsulotlari orqali o‘z daromadlariga ega bo‘lishmoqda.
Shamsiyeva Hilola Murodulloyevna o‘z hunarmandchilik faoliyati orqali barqaror daromad qilib kelmoqda hamda ushbu daromad manbai orqali yangi shogirdlar tayyorlash va ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Mazkur hunarmandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 11 martdagi “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 158-son qaroriga muvofiq, “Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi hamda shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun 6 oy muddatga subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan.
Ushbu qo‘llab-quvvatlash orqali shogirdlar sonini yanada oshirish, ularni bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni kasbli qilish imkoniyati kengayadi.





