Bugun, 9-fevral – Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!
2026-02-09 18:25:00 / Yangiliklar

Ushbu ramziy ehtirom buyuk ajdodimizning bebaho ilmiy-adabiy merosiga hurmat va sadoqat ifodasi bo‘ldi.
Shundan so'ng, “Navoiyga ehtirom” mavzusida shoirning ma’naviy merosiga bag'ishlangan adabiy-badiiy kecha o'tkazildi.
Tadbirda madaniyat xodimlari va o‘quvchi-yoshlarlar tomonidan shoirning g‘azal va ruboiylari ijro etilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir davomida so'z olganlar Alisher Navoiyning turkiy til taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, uning adolat, komillik va insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini alohida ta’kidladilar. Mutafakkirning asarlarida ilgari surilgan ma’naviy qadriyatlar yosh avlodni tarbiyalashda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Mazkur tadbir Navoiy merosini chuqur o‘rganish, milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimizga hurmat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.









