Peshku tumani Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini, Jo‘gara qishlog‘ida yashovchi fuqaro Tosheva Dildora Erkin qizi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–62-sonli qarori asosida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida
2026-02-07 17:35:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida issiqxonachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda sotish yo‘nalishida faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda issiqxonada mavsumiy sabzavot ekinlari parvarish qilinib, yetishtirilayotgan mahsulot ichki bozorlarda erkin sotilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy agrotexnik usullar qo‘llanilib, hosildorlikni oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur loyiha hisobiga 3 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, mahalla aholisining bandligini ta’minlashga hissa qo‘shilmoqda. Bir oylik o‘rtacha daromad 49 mln so‘mni tashkil etib, faoliyatdan olinayotgan tushumlar orqali soliq to‘lovlari amalga oshirilmoqda va mahalliy iqtisodiyotga qo‘shimcha qiymat yaratilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish, qishloq hududida doimiy ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Tosheva Dildora Erkin qizi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha Peshku tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kelgusida faoliyat ko‘lamini kengaytirish va mahsulot turlarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.








