Peshku tuman Yangiobod MFY hududida tikuvchikik bilan shug'ullanayotgan yosh.
2026-02-06 14:50:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda tikuvchilik sexida 6 nafardan ziyod ishchi-xodimlar doimiy ish bilan ta’minlangan. Ishchilarning aksariyati mahalla hududida yashovchi aholi vakillari bo‘lib, ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi ta’minlangan. Mehnat jarayonlari amaldagi mehnat va sanitariya qoidalariga muvofiq tashkil etilgan.
Faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish maqsadida tadbirkor tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan jami 50 million so‘m miqdorida investitsiya kiritilgan. Ushbu mablag‘lar tikuv uskunalari xaridi, ishlab chiqarish xonasini jihozlash, xomashyo bilan ta’minlash hamda ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan.
Tikuvchilik faoliyati natijasida oylik o‘rtacha 12 million so‘m daromad olinmoqda. Ushbu ko‘rsatkich korxona faoliyatining barqarorligini, bozor talablariga mos mahsulot ishlab chiqarilayotganini hamda tadbirkorlik faoliyati samarali tashkil etilganini ko‘rsatadi.
Mazkur tikuvchilik faoliyati Yangiobod MFY hududida yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunar ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Kelgusida ishchi-xodimlar sonini ko‘paytirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tikuv mahsulotlari turlarini oshirish rejalashtirilgan.








