Tumandagi Yangiobod, Qoraqalpoq va Xo‘lbor mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2026-02-04 / Voqealar taqvimi

Shuningdek, tomorqalardan unumli foydalanish, aholining daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash maqsadida dala tomorqalarida issiqxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida tijorat banklari vakillari bilan hamkorlikda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Hokim H. Davlatov o‘z nutqida aholining farovonligini ta’minlash, mahallalarda barqaror iqtisodiy o‘sish va ekologik toza muhitni yaratish, shuningdek, aholini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bilan tanishtirish muhimligini ta’kidladi. Mas’ullarga barcha belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi va ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olindi.
Ushbu ishlar tumanimiz aholisining turmush darajasini oshirish, tomorqalardan samarali foydalanish va mahallalarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.





