“Bolalar uchun xavfsiz va sifatli muhit nazorat qilindi”
2026-02-02 14:55:00 / Yangiliklar

Har bir muassasada bolalarga beriladigan ovqat mahsulotlari sifat va gigiyena talablariga mosligi tekshirildi. Ovqatlanish ratsioni yosh bolalarning o‘sishi va rivojlanishiga mos tashkil etilganligi nazorat qilindi. Sifatli va toza mahsulotlar yetkazib berish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash tartibi ham baholandi, xodimlarning gigiyena talablariga rioya qilishi nazorat qilindi.
Barcha muassasalarda bolalarning qulay va xavfsiz muhitda bo‘lishi, xona harorati va isitish tizimlari tekshirildi. Sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi bo‘yicha nazorat o‘rnatildi, toza ichimlik suvi va gigiyenik sharoitlar mavjudligi baholandi. Shuningdek, bolalarning sog‘lom rivojlanishi va xavfsiz tarbiyalanishi uchun zarur infratuzilma, o‘yin maydonchalari, toza xonalar va xavfsizlik choralarining yetarliligi ham tekshirildi.
Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq va bajarilishi majburiy topshiriqlar berildi, ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlar nazoratga olindi.
✅ Ushbu tashabbus bolalarning sog‘lom ovqatlanishini, sifatli mahsulotlar yetkazib berilishini, xavfsiz va qulay sharoitlar yaratishni hamda ta’lim sifatini oshirishni ta’minlashga qaratilgan.




