Tumanimizda 2025 yilda Qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar Xamda 2026 yidagi amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida MA’LUMOT
2026-01-21 08:15:00 / Peshku tumanida o'tkazilgan Brifinglar

Mahalliy budjetning ssuda mablag‘lari hisobidan 10,5 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan 4 ta ijtimoiy soha obektlarida qurilish tamirlash ishlari amalga oshirildi. Xususan Valfajr" MFY hudida yangi MTT binosini qurish, O‘g‘lon" MFY hudida yangi MTT binosini qurish, 34-son umumta’lim maktabida 12x24 o‘lchamdagi sport zal binosini qurish hamda Kuyovxo‘ja MFY hududidagi OSHPni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari Open budjet birinchi ikkinchi mavsum loyihasi doirasida 28,0 mlrd so‘m mablar hisobidan qurilish ta’mirlash yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari amalga oshirildi.
Umumfoydaluv yo‘llarida 8 km asfaltlashtirildi, 15.5 km betonlashtirildi, 3ta ko‘prik rekonstruksiya qilindi, 7ta ko‘prik joriy ta’mirlandi, 1tasida xozirgi kunda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 2025 yil 7 maydagi VM-300-sonli qariga asosan tumanda jami 10 ta ijtimoiy soha obyektlarini qayta qurish va mukammal ta’mirlash ishlarini bajarishni rejalashtirib olganmiz.
Ma’lumot uchun: 5 ta umumta’lim maktablarida, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 3 ta sog‘liqni saqlash muassasalari.
Shu jumladan 2026 yilda jami 200 ta xonadondan iborat bo‘lgan 7 ta uylar qurib foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek “Tashabbusli byudjet” dasturining 1-2 mavsumi orqali mahallalarda ichki yo‘llar va komunikatsiya tarmoqlari yaxshilanadi.
“Investisiya” dasturi orqali 1 ta maktab va 1 ta maktabgacha taьlim tashkiloti hamda 1 ta irrigatsiya ob’yektlarida qurilish montaj ishlari olib boriladi.
Ma’lumot uchun: 2 ta ijtimoiy soha obyektlarida rekonstruksiya qilish, 1 ta kanal (Varaxsho) rekonstruksiya qilish.
2026 yilda umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llarda hamda ko‘priklarda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Aholini sifatli markazlashgan ichimlik suvi hamda oqava xizmati bilan ta’minlash maqsadida Romitan tumanida Osiyo infratuzilma investisiyalar banki ishtirokida jami 37,0 mln.dollar bo‘lgan Peshku tumanining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor va kuz mavsumida 1,5 mlndan ortiq daraxt hamda buta ko‘chatlari ekiladi.
2026-2027-yil kuz - qish mavsumini betalofot o‘tkazish, jumladan ko‘p qavatli uy-joy fondi, suv ta’minoti, elektr va gaz tizimini hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini mavsumga tayyorlash, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlariga ko‘mir va suyultirilgan gaz mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
10/0.4 kV havo elektr uzatish tarmoqlarini yangi qurish va rekonstruksiya qilish
2026 yilda 11 dona transformator punktini qurish va 32.6 km 10/0.4 kV havo elektr uzatish tarmoqlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Mukammal ta’mirlash
2026 yilda 66 dona transformator punktini va 220.8 km 10/0.4 kV havo elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.
Joriy ta’mirlash
2026 yilda 156 dona transformator punktini va 358 km 10/0.4 kV havo elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.
Peshku tuman obodonlashtirish boshkarmasi 2026 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoniga asosan tuman markaziy kuchalariga 2 km sugorish tizimlarigi tashkl kilish xamda shu karor asosida obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika va mexanizmlar bilan jihozlash uchun 1 dona xazon yig‘ish mashinasi, xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 dekabrdagi PQ-387-son qaroriga asosan 1 dona Evakuator maxsus texnikasi xarid kilish rejalashtirilgan.
Bundan tashkari, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-son qaroriga asosan 2026 yilda 50 km tumandagi ichki xujalik yullarni shag‘allashtirish va 1000 m2 ichki yullarni yamochni ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek tumandagi kabristonlar atrofini o‘rash, tuman ichki va markaziy kuchalariga kuyosh batareyalik tungi yoritgichlar o‘rnatish ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Mavjud 19 ta nasos agregatlarini rejali texnik ko‘rikdan o‘tkazish, 132 ta zadvijkalarni texnik rejali ko‘rikdan o‘tkazish, 281,3 km ichimlik suv tarmoqlarini rejali texnik ko‘rikdan o‘tkazish, 1 ta nasos agregatlarini mukammal ta’mirlash, 2 ta nasos agregatlarini joriy ta’mirlash, 0,30 km ichimlik suv tarmoqlarini mukammal ta’mirlash, 5,1 km ichimlik suv tarmoqlarini joriy ta’mirlash, 154 ta Yong‘in gidrantlari orqali tarmoqlarda yuvish ishlarini bajarish, shuningdek, Kuyovxuja Obod turmush Zandani kishlok xududidagi axoliga , suv kuvuri tortib suv xisoblagich o‘rnatishlariga targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish belgilab olingan.
Tasdiqlangan reja asosida gaz tarmoqlarining 1000 m qismini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, 74 dona gaz maromlash punktlarining texnik taftishdan o‘tkazish, Gaz quvurlarining 27.3 km qismini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash, Yer osti gaz quvurlarining 35 km qismini pribor yordamida tekshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Gaz quvurlarining 40,5 km qismini bo‘yoqlash va estetik jihatdan tartibga keltirish, 1 dona gaz maromlash punktlarini modernizatsiya qilib joriy ta’mirlash ishlarini olib borish belgilab olingan.
“Eng Muxim Samaradorlik” ko‘rsatkichlari, 2025 yilda belgilangan ish rejadagi barcha topshiriqlar to‘liq bajariladi.
