Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashining 19- sessiyasi bo’lib o’tdi
2026-01-12 16:50:00 / Majlislar

Bugun 12-yanvar kuni Peshku tuman hokimligining kichik majlislar zalida xalq deputatlari Peshku tuman Kengashining 19- sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Peshku tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining hisoboti,
Peshku tumanida 2025-yil davomida Ayollar daftari ijrosi hamda xotin-qizlarni huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyati yuzasidan hisoboti,
Peshku tumanida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2025-yil amalga oshirilgan ishlar va 2026-yildagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida,
Peshku tumani adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkiblarini qayta tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko’rib chiqilib qaror loyixasi tasdiqlandi.









