RASMIY MUNOSABAT
2025-12-23 10:15:00 / RASMIY MUNOSABAT

Buxoro viloyati Peshku tumani Turkiston MFY Obod Turmush qishlog‘ida yashovchi fuqaro Gadoyeva Zulayxoning https://t.me/komporuz telegramm gruppasiga yozgan murojaati yuzasidan
MA’LUMOT
Peshku tuman hokimining 2021 yil 5 maydagi 356-sonli “Turkiston MFY “Obod Turmush” aholi punkti hududidan “Sarvarbek Bahor
G‘unchalari” NTMga 120 o‘rinli “Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi” binosi qurish uchun, loyiha tayyorlash va yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi 356-sonli qaroriga asosan “Sarvarbek Bahor G‘unchalari” NTMga “Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi” binosi qurish uchun 0.17 gektar (1700,0 kv.m) yer maydoni ajratilgan hamda tadbirkor tomonidan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi bitim imzolangandan so‘ng “Arxitektrura rejalashtirish topshirig‘i” (ART-1-2) va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga asosan qurilish-montaj, obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatda bajarishi qayd etilgan.
Peshku tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Tuman SEO va JSB tomonidan ushbu yer maydonida Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi qurish bo‘yicha ijobiy xulosa bergan.
Ushbu yer maydoni Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasining 2021 yil 7 sentyabrdagi №1706240/R-A2052389-sonli reyestr raqami bilan 20:06:07:03:03:0318-sonli kadastr raqami bilan “Sarvarbek Bahor G‘unchalari” NTMga rasmiylashtirilgan.
“Mega-axial” MCHJ tomonidan 4510,1 mln.so‘mga 120 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan hamda “QURILISH IQTISOD EKSPERTIZA” MCHJ tomonidan 2021 yil 16 avgustda №148/21-sonli ekspert xulosasi berilgan.
Buxoro viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022 yil 18 iyulda Z.Gadoyevaga yo‘llagan 03/2-1352-sonli xatida fuqaro Z.Gadoyeva viloyat hokimi tomonidan 2021 yil 15 iyulda Romitan tumanida o‘tkazilan sayyor qabulda murojaat qilganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5144-sonli qaroriga asosan 2021 yil
1 iyuldan boshlab davlat xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy holatini yaxshilash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan tumanlarda 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foiz stavkada kreditlar ajratilishi belgilanganligi, qaror ilovasiga Peshku tumani kiritilmaganligi qayd etilgan. (Buxoro viloyatidan faqat Buxoro va Kogon tumanlari kiritilgan) Shuningdek, mazkur xatda fuqaro Z.Gadoyeva tomonidan tayyorlangan kelishuv bitimida davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish nazarda tutilganligi, vaholanki Peshku tuman hokimi qarori bilan “Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi” qurish uchun yer ajratilganligi hamda tegishli hujjatlar taqdim etilgan holda tijorat banklaridan mustaqil ravishda kredit olinishi maqsadga muvofiqligi belgilangan.
