“Xorijda ish” yarmarkasi: 12 000 ta ish o‘rni fuqarolarga taqdim etildi
2025-08-26 20:20:00 / Yangiliklar

🔰 Bugun Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi San’at saroyida Migratsiya agentligi va Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi hamkorligida “Xorijda ish” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Bolgariya, Germaniya, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston, Slovakiya, Turkiya va BAA kabi davlatlardagi 12 000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari xususiy bandlik agentliklari orqali taqdim etildi.
📌Yarmarkada ishtirok etgan fuqarolar mavjud ish takliflari bilan tanishib, kasbi va qiziqishiga mos davlatlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir xorijda ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlar uchun amaliy ko‘mak bo‘ldi.
