TANLOV SHARTLARI OSONLASHDI!
2025-07-21 12:00:00 / E’lonlar

📌 Migratsiya agentligi va "HD Hyundai" kemasozlik korxonasi hamkorligida Koreya standartlaridagi kemasozlik yo'nalishida malakali kadrlar tayyorlash uchun 3 oylik o‘quv kurslariga hujjatlar qabuli boshlandi.
Bu loyiha orqali siz E-7 malakali ishchi vizasi bilan Koreyada rasmiy ishga joylashishingiz mumkin bo‘ladi!
Loyihada ishtirok etish imkoniyatini yanada ko'proq fuqarolarimizga berish maqsadida Koreya ish beruvchilari bilan qo'shimcha muzokaralar olib borilib talablar yengillatildi va endilikda fuqarolarimiz Topik yoki KIIP sertifikatiga ega bo'lmasada mazkur loyihada ishtirok etishlari mumkin.
❗️Shoshiling va imkoniyatdan unumli foydalaning
Quyida keltirilgan hujjatlarni Migratsiya agentligining hududiy filiallariga 21-iyuldan 23-iyulgacha taqdim etib, ish beruvchilarning suhbat va imtihoni (koreys tilida) asosidagi saralash tanlovlarida ishtirok eting!!!
📍Agentlikning hududiy filiallari manzillari
Yo'nalishlar:
⚙️ Bo‘yoqchilik
⚡️ Elektrik
E-7 malakali ishchi vizasi olish shartlari:
Tegishli sohalar bo‘yicha bakalavr diplomi (saralash bosqichidan so'ng apostil talab qilinadi).
▪️Kimyo;
Materialshunoslik;
▪️Arxitektura;
▪️Avtomobilsozlik;
▪️Mexanik muhandislik;
▪️Elektr muhandisligi kabi yo'nalishlardan biri bo'yicha bakalavr diplomi
▪️ Yosh: 35 yoshgacha;
▪️ Oldin Koreyada qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lish;
▪️Koreya elchixonasi tomonidan vizasi rad etilmagan bo‘lish;
▪️Sudlanmagan va sog‘lom bo‘lish.
📑 Talab etiladigan hujjatlar:
- Anketa
- Tilxat
- Pasport nusxasi (rangli);
- 2 dona 3.5x4.5 sm hajmdagi surat;
- Til sertifikati (TOPIK yoki KIIP)ga ega bo'lgan nomzodlarga ustunlik beriladi;
- Bakalavr diplomi.
📌BU MUHIM!
Faqat yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr diplomi mavjud bo‘lgan nomzodlargina tanlovda ishtirok etishi mumkin!
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqamlar: 241, 243, 244)
