Rasmiy munosabat
2025-07-12 19:20:00 / Yangiliklar

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasining ma’sul xodimlari yuqorida qayd etilgan manzilda joylashgan migratsiya markazida yuzaga kelgan vaziyatni o‘rgandi.
Mazkur markazda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PF 1126-sonli "Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni doirasida ishlash ruxsatnomasini (patent) rasmiylashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Markaz xodimlari to‘liq ish rejimida faoliyat olib bormoqda hamda hujjatlar rasmiylashtirish belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilgan. Shu bilan birga chet el fuqarolari uchun migratsiya markazining ish vaqti haqida ma’lumot taqdim etilgan.
Videopostdagi holatning kelib chiqishi fuqarolarning navbatda turishga rioya qilmasligi sababli sodir bo‘lgan. Shu bois xavfsizlikni ta’minlash maqsadida temir panjaralar o‘rnatilgan. Bundan tashqari fuqarolar tomonidan patent olish bo‘yicha belgilangan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan.
Shuningdek, videomurojaatda ishtirok etgan fuqarolar bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, ularga hujjatlarni qonuniy rasmiylashtirish tartib-taomillari va migratsiya markazining ishlash mexanizmi haqida batafsil tushuntirish berildi.
Migratsiya agentligi fuqarolarimizning huquqlari, xavfsizligi va qonuniy maqomda bo‘lishi doimiy ravishda nazoratda ekanligini ma’lum qiladi 👉video
