#Ramazon_hayiti
2024-04-11 10:30:00 / Yangiliklar

Ramazon hayiti – Ramazon oyida farz qilingan roʻza ibodati ado qilinganidan keyin shavvol oyining birinchi kunida nishonlanadigan musulmon xalqlarining muqaddas bayramlaridandir.
Barcha musulmon xalqlari kabi oʻzbek xalqi ham ushbu bayramni keng ko'lamda nishonlaydi. Hayit kuni yangi kiyim kiyiladi, “hayitlik” berish, ziyorat qilish, sayil qilish, bir-birini yo'qlash, kattalarning duosini olish, muhtojlar va bemorlar holidan xabar olish, bolalarga shodlik ulashish, xalqimizning Ramazon hayiti bilan bog'liq bo'lgan, o'ziga xos urf-odatlari hisoblanadi.
