Elektron atamalar
Atamalar va ta’riflar
Elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
Elektron davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin;
Foydalanuvchi – davlat xizmatiga ehtiyoji bo‘lgan va uni olish uchun texnik imkoniyatiga ega bo‘lgan, ushbu Kelishuvda bayon qilingan shartlarda ushbu Kelishuvni tuzgan yuridk va/yoki jismoniy shaxs;
Jismoniy shaxs — jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlanadigan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)ga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
Yuridik shaxs – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilingan, soliq xizmati idoralarida hisobga olingan, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)ga ega bo‘lgan tashkilot;
ERI – Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo;
Butunjahon oʻrgimchak toʻri (inglizcha: World Wide Web; qisqartmasi: WWW) butun Internet boʻylab hujjatlar va boshqa veb-resurslarni kirishga imkon beradigan axborot tizimidir.