Kino sohasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisobot berildi.
2025-10-16 12:59:00 / Yangiliklar

Kun tartibidagi ikkinchi masala, kino sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hisobot berdi.
Unda, milliy kinematografiyani keng targ‘ib etish yuzasidan nufuzi va reytingi baland xalqaro onlayn platformalarning talablariga mos ravishda davlat buyurtmasi asosida “Va’da”, “Qutqaruvchi” (“Uzilgan gulim”), “Paxta”, “Adolat”, “Umida” (Fudziyama haqida tush), “Uyga qaytish”, “Bir kuni Samarqandda”, “Daydi shamol”, “Cho‘liq”, "Piramida", “Mening mahallam”, “Ulug‘ Amir va donna Mariya”, “Shamsiqamar”, “Amaliyotchi qiz”, "Bir paytlar So‘qoqda" hamda "Qora kitob" nomli 16 ta badiiy film ishlab chiqilib, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida namoyishlari tashkil etilganligi;
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida dunyodagi eng ommabop internet platformalariga 5 ta milliy filmlar joylashtirilganligi;
2025-yilning I choragida 4 ta, II choragida 7 ta hamda III choragida 6 ta, jami jahonning eng nufuzli 17 ta xalqaro kinofestivalida o‘zbek kinoijodkorlari hamda milliy filmlarining ishtiroki ta’minlanganligi;
Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzusida “Uch qahramon” nomli badiiy film ishlab chiqilib, taqdimoti o‘tkazilganligi, shu bilan birga ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatgan vatandoshimiz Mamadali Topvoldiyevning jasorati to‘g‘risida “O‘zbek arsloni (Kazbek)” badiiy filmini Belarus Respublikasida suratga olish ishlari o‘z yakuniga yetkazilganligi hamda ayni damda ijodiy guruh Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida suratga olish ishlarini olib borayotganligi;
Milliy qahramonlar haqida hikoya qiluvchi quyidagi multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarilganligi;
“Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlanganligi hamda Milliy komissiya va Milliy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi;
“Tirik tarix” filmlar turkumi yuzasidan dasturga kiritilgan 54 ta filmdan 4 tasi yaratilib, taqdimotlari bo‘lib o‘tganligi, shuningdek, hozirga qadar tanlovlar asosida qolgan 50 ta filmdan 28 tasi ishlab chiqarishga tushirilganligi;
Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, Tojikiston, Hindiston, Pokiston kabi davlatlar bilan jami 16 ta film bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari va shartnomalar imzolanganligi;
Tirik tarix” dasturiga kiritilgan filmlarni ishlab chiqarishga “TURKSOY” va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari hamda 10 dan ortiq mamlakatdan xalqaro ekspertlar jalb etilganligi ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, kelgusidagi rejalar ma’lum qilindi.


