Teatr yo'nalishi tahlil etilmoqda
2025-10-16 12:18:00 / Yangiliklar

Tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishning kun tartibidagi birinchi masala - teatr yo‘nalishi tahlil etilmoqda.
Hisobot davrida teatrlarda 8 188 ta spektakl namoyishi o‘tkazilib, 2,8 mln nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
Biroq, ayrim teatrlar faoliyatida kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishda oqsoqliklar kuzatilmoqda.
Xususan, rejaga muvofiq namoyish etilishi belgilangan spektakllar amalda yetarli foizga bajarilmaganligi, tomoshabinlarni jalb qilish rejasi ba’zi teatrlar tomonidan bajarilmaganligi, chipta xo‘jaligini yuritishda kamchiliklarning kuzatilganligi, sahnalashtirilishi belgilangan spektakllarning amalda to‘liq sahnalashtirilmaganligi, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Chipta Operatsiyalarining Yagona Elektron Tizimi (BOYAET) tizimi orqali chipta sotish belgilangan bo‘lsa-da, ba’zi teatrlarda tizimdan foydalanmasdan yoki qisman foydalangan holda faoliyat yuritib kelayotganligi, “Do‘stlar klubi” doirasida hokimliklar teatrlar uchun homiylik mablag‘i ajratilishi belgilanganligi, ichki audit bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida bir qator teatr muassasalarida Davlat xaridlari to‘g‘risidagi Qonun talablariga rioya qilinmagan holatlar aniqlanganligi ma’lum qilinib, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Shuningdek, teatr rahbarlari bilan birgalikda, tashkilot buxgalteri, huquqshunosi va moliyaga javobgar direktor o‘rinbosari teng javobgar ekanligi ta’kidlandi.



