“Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazoratga olingan hujjatlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-09-27 18:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazoratga olingan hujjatlarning ijrosi natijalari yuzasidan tanqidiy, tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda vazirlik markaziy apparatining tegishli bo‘linma rahbari va xodimlari ishtirok etishdi. Unda “Ijro.gov.uz” tizimida sentyabr oyi davomida ijrosi ta’minlanishi belgilangan Prezident Farmon, qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Shuningdek, “Edo.ijro.uz” tizimidagi vazir topshiriqlarining bajarilishi tahlil qilindi. Unda, muddati o‘tgan topshiriqlarni zudlik bilan bajarish bo‘yicha tegishli bo‘linma rahbarlari ogohlantirildi.
Shu bilan birga, “Ijro.gov.uz” tizimida oktyabr, noyabr va dekabr oylarida ijrosi ta’minlanishi belgilangan topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Oktyabr oyida ijrosi ta’minlanishi belgilangan topshiriqlar bo‘yicha kunbay grafikka muvofiq topshiriqlar ijrosini barvaqt ta’minlash choralarini ko‘rish, muammoli masalalar vujudga kelgan taqdirda tegishli bo‘linma rahbarlari bilan muhokamalar o‘tkazish topshirildi.



