Buyuk alloma Ali Qushchi hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan spektakl xalqaro festivalda namoyish etildi
2025-09-20 17:40:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri 11-sentyabrdan 18-sentyabrga qadar Rossiyaning Ryazan shahrida o‘tkazilgan “Ryazanskiye smotrini” XX xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida munosib ishtirok etdi.
Festival doirasida Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Kongo, Eron, Qozog‘iston, Braziliya, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlarning teatr jamoalari o‘z spektakllarini namoyish etishdi.
Festival yakunida teatr jamoalari “Eng yaxshi spektakl”, “Eng yaxshi aktyorlik ishi”, “Eng yaxshi rejissyor ishi”, “Eng yaxshi rassom ishi” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlandi. Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri esa “Eng yaxshi aktyorlik ishi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.
Shuningdek, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri Rossiyaning Ryazan shahrida o‘tkazilgan “Ryazanskiye smotrini” XX xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivali doirasida xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu kelishuv ikki tomonlama tajriba almashinuvi, qo‘shma ijodiy loyihalar va yangi spektakllar sahnalashtirishni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, festivalning yopilish marosimida teatr direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan Belarus Respublikasi “Grodno viloyat qo‘g‘irchoq teatri” davlat madaniyat muassasasi direktori Oleg Olegovich Jyugjda, Xitoyning Rugao shahridagi “The Rugao Puppet Art Troupe” teatri direktori Chjоу Shenbin hamda “Ryazan qo‘g‘irchoq teatri” davlat avtonom madaniyat muassasasi direktori Konstantin Gennadyevich Kirillov bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
