Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan o‘tkazildi
2025-08-29 09:20:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirligi tizimidagi bolalar musiqa va san’at maktablaridan mavjud vakant o‘rinlarga direktor lavozimiga nomzodlar vazirlik komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tkazildi. Mazkur jarayon vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov raisligida bo‘lib o‘tdi.
Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy, Namangan, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan tavsiya etilgan nomzodlarning ko‘nikmalari, rahbarlik salohiyati, huquqiy, iqtisodiy va sohaviy bilimlari komissiya tomonidan baholanib, munosib nomzodlarni lavozimga tayinlash masalalari muhokama etildi.
Suhbat jarayonida nomzodlar tomonidan ta’lim muassasasi faoliyatini yanada yuqori darajaga olib chiqishga qaratilgan kelgusidagi istiqbolli rejalar taqdimot qilindi.








