E'lon: “Uchko‘prik” MFY Navro‘z ko‘chasida joylashgan, ta’mirtalab holatdagi 58-son madaniyat markazini zamonaviy qayta qurish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil qilish
2025-08-01 21:50:00 / Tanlovlar va tenderlar

DIQQАT E’LON!
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-sonli qaroriga asosan “DESSERT CROWN” MChJ tomonidan Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, “Uchko‘prik” MFY Navro‘z ko‘chasida joylashgan, ta’mirtalab holatdagi 58-son madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy qayta qurish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli; |
Loyiha konsepsiyasi; |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot. |
Tenderda qatnashish, tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflarini 2025-yil 15-sentabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23.59 gacha topshirilishi kerak
Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
|
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi – Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, “Uchko‘prik” MFY Navro‘z ko‘chasi |
Elektron pochta manzili: madaniyat.devon@exat.uz |
Telefon raqami: +998(55) 502 33 77 (512) |
|
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz Nasimbek.Nabijonov@imv.uz |
Telefon raqami: +998 : (71) 203-50-50 (01879) |
“DXSh to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari olingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.

Elektron pochta manzili:
Telefon raqami: +998(55) 502 33 77 (512)