#Tayinlov. Poytaxtdagi R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabiga direktor tayinlandi
2025-08-01 18:00:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi direktori lavozimiga Salim Sayimov tayinlandi.
Tayinlovni vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ta’lim sohasiga doir o‘tkazgan yig‘ilishi davomida o‘qib eshittirdi va lavozimga tayinlangan Salim Sayimovni ushbu mas’uliyatli tayinlov bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatida rivoj va ulkan zafarlar tiladi.
Salim Sayimov tayinlovga qadar Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Salim Sayimov uzoq yillardan buyon madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritib kelmoqda, xususan:
1994-1994 yy. - Qarshi davlat san’at bilim yurtida o‘qituvchi;
1994-1995 yy. - Qarshi davlat san’at bilim yurti “Puflama va zarbli asboblar” bo‘limi boshlig‘I;
1995-1997 yy. - Qarshi davlat san’at bilim yurtida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
1997-2015 yy. - Qarshi san’at kolleji direktori;
2015-2017 yy. - Qashqadaryo viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘I;
2017-2021 yy. - Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘I;
2021-2023 yy. - Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik
markazi direktori v.b;
2023-2025 yy. - Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
