Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2025-08-01 17:55:00 / Yangiliklar
Bugun, 1-avgust kuni Madaniyat vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov raisligida, ta’lim muassasalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari hamda barcha Bolalar musiqa va san’at maktablari rahbarlari (offlayn va onlayn) ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda ixtisoslashtirilgan maktablarda qabul jarayonlari va kvotalar bajarilishi, “Sherali Jo‘rayev nomidagi Oliy maktabi”ga 9-sinfga qabulni tashkil etish, bolalar musiqa maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, targ‘ibot ishlari, Prezidentning PQ-391-son qarori ijrosi doirasida umumta’lim maktablari bilan hamkorlikni kuchaytirish, pedagoglar malakasini oshirish hamda 2025-2026-o‘quv yilida “Ijod maskani” turkum tadbirlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi direktori lavozimiga tayinlangan Salim Sayimov jamoaga tanishtirildi.
