Yurtimizdagi teatrlarda spektakllar mavsumi yopilmoqda
2025-07-10 11:30:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda yurtimizdagi teatr xodimlari ta’tilga chiqishmoqda, 2 oylik tanaffusdan so‘ng, ya’ni kuzda navbatdagi mavsum boshlanadi. Yangi mavsumning ochilishi teatrlarda tantanali va ko‘tarinki ruhda o‘tkaziladi.
Kuni kecha xuddi shunday mavsumning yopilish marosimi yurtimizdagi yagona bo‘lgan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik Katta teatri o‘zining 95-chi mavsumini yorqin va samarali tarzda yakunladi. Bu mavsum teatr hayoti uchun alohida o‘rin egalladi.
Tomoshabinlarga yangi talqinda taqdim etilgan bir qator muhim premyeralar — “Yevgeniy Onegin”, “Shoir yuragi”, “Traviata”, “Sevgi eliksiri” operalari, shuningdek, “Oqqushlar ko‘li” va “Bolero” baletlari katta qiziqish bilan kutib olindi.
Mavsum davomida teatr xorijiy mamlakatlarda gastrol safarlarini amalga oshirdi, xalqaro festivallarda ishtirok etdi va xorijlik mashhur san’atkorlarni o‘z sahnasida qabul qildi.
Fotolar muallifi — Yuriy Polyanskiy









