Turkiyada “Osmon toʻla yulduzlar” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtmoqda
2024-02-26 12:30:00 / Yangiliklar

Ayni daqiqalarda Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Vali universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Gʻafur Gʻulom tavalludining 120 yilligi munosabati bilan turk tilida chop etilgan “Osmon toʻla yulduzlar” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtmoqda.
Tadbir Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Unda TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining maslahatchisi Shavkat Ortiqov, Oʻzbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Agzamxoʻjayev, Gʻafur Gʻulomning qizi Olmos Ahmedova, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov, shuningdek, adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, adabiyot muxlislari ishtirok etmoqda.
Tadbir haqida yaqin soatlarda batafsilroq maʼlumot taqdim etamiz.