O‘zbekiston boy madaniy merosi YUNESKOda taqdim etildi
2024-02-23 17:30:00 / Yangiliklar

21- fevral kuni butun dunyoda Xalqaro ona tili kuni keng nishonlanadi. Bu yil ham YUNESKO Bosh qarorgohida ushbu kunga bag‘ishlangan qator tadbirlar tashkil etildi.
Bangladesh, Xitoy, Malayziya, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina, Ruminiya, Shri Lanka, Serbiya, Gvatemala, Pokiston, Filippin, Gana va Tanzaniya ishtirokida o‘tgan tadbirlarga O‘zbekiston ham hammualliflik qildi.
Milliy tillar ko‘rgazmasida O‘zbekiston tomonidan O‘zbek tili imlo lug‘ati, mamlakatimiz viloyat, shahar va buyuk allomalari haqida qator ona tilida chop etilgan kitoblar, ingliz tiliga tarjima qilingan taniqli o‘zbek yozuvchilari asarlari, hamda mamlakatimiz boy madaniy merosini targ‘ib qiluvchi turli atributikalar taqdimoti o‘tkazildi.
O‘zbek tili asoschisi buyuk adib Alisher Navoiyga bag‘ishlangan miniatyura asosida ishlangan yirik devoriy rasm ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Tadbir ishtirokchilariga o‘zbek tili tarixi va uning yirik namoyondalari, betakror madaniy merosimiz, hamda oxirgi yillarda mamlakatimizda turli tillarni targ‘ib qilish, ko‘pmillatli O‘zbekistonda bag‘rikenglik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar yoritildi.
Shuningdek, YUNESKO Bosh anjumanining 43-yig‘ilishi 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkazalishiga tayyorgarlik qo‘rish ishlari alohida yetkazildi.
Madaniy tomoshalarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti Moxichehra Shamuratovaning ishtiroki ishlab chiqildi.
Milliy libosda chiqqan maqom san’ati ustasi xalq musiqa va g‘azallari asosida kuylanadigan “Yo‘l bo‘lsin”, “Mustahzod” va boshqa qo‘shiq dastalarini maromida va yuqori saviyada ijro etildi. Mamlakatimiz vakili ijrosi tomoshabinlar tomonidan juda ijobiy va olqishlar bilan kutib olindi.