Asosiy kontentga o'tish

Kompozitor Farhod Nazarov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024-02-20 19:00:00 / Yangiliklar

Fan haftaligi

  Xabaringiz bor 19-24-fevral kunlari respublika bo‘yicha Fortepiano haftaligi haqida e'lon qilingan edi.

 Surxondaryoning Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida respublika va xalqaro tanlovlar g‘olibi O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi a’zosi, yosh ijodkor kompozitor Farhod Nazarov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuv davomida  Farhod Nazarov o‘zi yozgan asarlaridan biri “Amudaryo” asarini ijro etib berdi. 

 Tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi, shuningdek, durdona asarlar o‘quvchilar tomonidan mohirona  ijro etib berildi. 

 Bizni kuzatishda davom eting, fan haftaligi tafsilotlarini kuzatib boring.

236

Oxirgi yangilanish: 2024-02-20 19:15:21

Kompozitor Farhod Nazarov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi