Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga Koreyaning Gyeongkuk universiteti vakillari tashrif buyurdi
2025-06-04 13:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga Koreyaning Gyeongkuk Universiteti Tashqi hamkorlik shtab-kvartirasi rahbari Kim Seonghwan hamda Gyeongkuk Universiteti vakili Jang Yong Gi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki mamlakatning madaniy aloqalari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, nufuzli mehmonlar O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyati, unda yaratilgan sharoitlar va mumtoz musiqamizning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishdilar.
Suhbat davomida Gyeongkuk universiteti bilan madaniy va musiqiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Kelgusida ikki oliygoh hududida institut markazi ochilishi rejalashtirildi.



