"Ona mehri” spektakliga marhamat!
2024-02-10 20:50:00 / Yangiliklar
O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida 11-fevral, yakshanba kuni soat 12:00 da “Ona mehri” spektakli namoyish etiladi. Ssenariy muallifi Eson O’rinov, postanovkachi rejissyor Malika Iskandarova, rassom Yevgeniya Biserova, musiqa tanlovchi Bahodir Zokirov.
Spektaklda ona qalbining mehrga to’la xilqati, insoniy tuyg’ularning o’ziga xos talqinlari ko’rsatiladi. Rollarni Yo’ldosh Ermarov, Shohida Usmonova, Iskandar Elmurodov, Dilnavoz Ismatullayeva, Dilnavoz Ahmedova ijro etishadi.
