Asosiy kontentga o'tish

Qozog‘istonning Aqtau shahrida “2025-yilgi Turk dunyosi madaniy poytaxti” maqomini berish tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

2025-04-07 12:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, 2023-yilda Ozarbayjon Respublikasining Shusha shahri TURKSOY xalqaro tashkiloti tomonidan  “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deya e’lon qilingan edi. Yil davomida turk dunyosi madaniyatini targ‘ib qilib, turli madaniy tadbirlar o‘tkazib kelgan Shusha o‘z maqomini yakunlab, 2024-yilda ushbu maqom Turkmanistonning Anev shahriga berilgandi. 2025-yilda esa Qozog‘istonning Aktau shahri Turk dunyosining madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishi belgilangan edi. 

 

Kuni kecha Qozog‘istonning Aqtau shahrida “2025-yilgi Turk dunyosi madaniy poytaxti” maqomini berish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda, O‘zbekistondan madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda vazirlik vakillari ishtirok etishdi.

 

Shuningdek, ochilish marosimi tadbirlarining madaniy qismida "Tumor" va "Lazgi" raqs ansambllari hamda oʻzbek estradasi xonandasi, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Xalq Artisti, Tojikiston Xalq Hofizi faxriy unvoni sohibasi, Turkmaniston va Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Yulduz Usmonova ishtirok etishib, o‘zbek san’atini namoyish etishdi.

 

Tadbirning tantanali ochilish marosimida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Aqtau shahriga “2025-yilgi Turk dunyosi madaniy poytaxti” maqomini berish tantanali marosimi munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Unda,  bu nafaqat qozog‘istonliklar, balki qardosh xalqlar uchun ham muhim ekanini, tarixan Mang‘istov zamini, Ustyurt viloyati turkiy sivilizatsiyaning ajralmas qismi bo‘lganini ta’kidlagan hamda Turkiy xalqlar birligi yanada mustahkamlansin! "Barchangizga farovonlik, baxt va muvaffaqiyatlar tilayman!" – deya o‘z nutqini yakunlagan president Qosim-Jomart Tokayev.

 

Shuningdek, tadbir haqida Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva - bu voqea nafaqat Qozog‘iston, balki barcha qardosh mamlakatlar uchun katta ahamiyatga ega. Tarixiy Mang‘istov zamini, boy Ustyurt hududi turkiy sivilizatsiyaning ajralmas qismi ekanligini, bu muqaddas zaminda xalqimiz va butun turkiy dunyoning ko‘p asrlik ma’naviy merosi asrab-avaylanishi, an’analari va tarixi bir-biriga bog‘langan xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash umumiy vazifamiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Tadbirlar davomida O‘zbekistondan madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Tantanali tadbir uchun Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Turkmaniston va Vengriyadan faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

 

Tadbirning ochilish marosimining markaziy ob’ektlaridan biri “Darxon dala” etnoshahari – qozoq urf-odatlari, Mang‘istauning muqaddas merosi va turkiy xalqlar tarixini ommalashtirish maqsadida yaratilgan madaniy makon bo‘ldi.

105

Oxirgi yangilanish: 2025-04-07 13:12:28

Qozog‘istonning Aqtau shahrida “2025-yilgi Turk dunyosi madaniy poytaxti” maqomini berish tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi