Diqqat, diqqat! IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali munosabati bilan "Baxshi chellenji" e’lon qilinadi
2025-03-11 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston xalq baxshilari, taniqli oqin va jirovlar hamda yosh iste’dodli baxshilar ishtirokida IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali munosabati bilan Respublika Baxshichilik san’ati markazi festival oldidan "Baxshi chellenji"ni e’lon qiladi. Unda, baxshilar o‘z ijrolaridagi badiiy saviyasi yuqori, sifatli, mazmunli baxshichilik ijod namunalarini taqdim etishlari lozim bo‘ladi.
Chellenjda Ishtirok etish tartiblari quyidagilar:
Baxshilar o‘z ijrosidagi epik asar yoki baxshichilik san’atiga oid chiqishlarini yaxshi sifatda tasvirga olishlari hamda tayyor videoni ushbu Telegram profiliga @nomoreofus yuborishlari so‘raladi.
Sifatli videolar vazirlik hamda Respublika Baxshichilik san’ati markazining rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Eng yaxshi ijrolar rag‘batlantiriladi.
Eslatma, Baxshilar ijrosidagi epik asar yoki baxshichilik san’atiga oid chiqishlarning tasvirga olingan videolari joriy yilning 15-aprel (shu kuni ham) kuniga qadar qabul qilinadi.
Baxshichilik san’atini dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lgan baxshilarni ushbu chellenjda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
