Ijodiy portret Manzura Hamidova
2025-03-04 11:40:00 / Yangiliklar

Ijod – inson ruhiyatining bebaho olami, ijodkor esa ana shu olamni borliqqa taqdim etadi.
O‘zbekiston xalq artisti Manzura Hamidova umrini o‘zbek milliy teatr va televideniye san’atiga bag‘ishlagan ijodkor.
U 1914-yili 8-mart kuni Toshkentda tavallud topgan. Dastlab Toshkentdagi ishchi-yoshlar teatri (1934-1936), Termiz teatri (1936-1941), Muqimiy teatr (1941-1943) larida ishlagan. 1943-yildan umrining oxirigacha hozirgi O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.
1969-yilda O‘zbekiston xalq artisti va 1997-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
Manzura Hamidova ijrosidagi spektakllar “Qovoqvoy va Chanoqvoy” “Farzandim-jigarbandim” “Eski jo‘va gavroshlari” “Oq kema” “Vanya Krutov” “Chiranchoq quyoncha” “To‘rt egizak” “Qizil qalpoqcha” “O‘z uyingdasan” “Revizor” “Uch mushketyor” “Mehrni ko‘p ko‘rgizdim” “Kecha va kunduz” “Shum bola” “Zumrad va Qimmat” “Sholg‘om” “Oltin yaproq” “Abdulla Nabiyev” “Gavana o‘g‘lonlari” “Oltin baliqcha” “Chippolino” “Ot kishnagan oqshomda” “Kim aybdor?” Manzura Hamidova o‘zbek televideniyesida “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” loyihalarida o‘ziga xos unutilmas rollarni ijro etgan.
O‘zbekiston xalq artisti Manzura Hamidova 1998-yili 4-oktabrda vafot etgan.