Diqqat e’lon!!!
2025-02-28 10:00:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirligi tomonidan nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targ‘ib qilish, jumladan, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish uchun 50 ta audiovizual asar yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi e’lon qilinadi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni hamda “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targ‘ib qilish, jumladan, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish uchun 50 ta audiovizual asar yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi e’lon qilinadi!
Davlat buyurtmasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Misgarlik
Pichoqchilik
Taqachilik
Toshtaroshlik
Kashtado‘zlik
Ko‘nchilik
Tikuvchilik
To‘quvchilik
Tunikasozlik
Do‘ppido‘zlik
Naqqoshlik
Sozgarlik
Nonvoylik
Kosibchilik
Egar-jabduq yasash
Xattotlik
Quroqchilik
Maqom san’ati
Katta ashula
Jirov ijrochiligi
Dutor ijrochiligi
Doira ijrochiligi
Karnay va surnay ijrochiligi
O‘lan
Lapar
Tanovar
Kurash san’ati
Alla
Mavrigi
Lazgi
Masxarabozlik
Qo‘g‘irchoqbozlik
“Qumpishak” raqsi
Chanqovuz ijrochiligi
Beshikka belash bilan bog‘liq an’analar
Sunnat to‘yi bilan bog‘liq urf odatlar
Sovchilik bilan bog‘liq udumlar
Sumalak sayli
Nikoh bilan bog‘liq urf-odatlar
Qorabayir otlarini parvarish qilishga oid an’analar
Hashar bilan bog‘liq urf-odatlar
Hosil bayrami
An’anaviy xalq tabobati
Siniqchilik
Tez aytish
Topishmoq
Ertaklar
Matallar
Afsonalar
Rivoyatlar
Audiovizual asarlar quyidagicha qabul qilinadi:
audio asarlar - vew va mp3 shaklida (audio asar boshidan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” so‘zlari aytiladi);
video asarlar - Mp4 hamda full HD shaklida (video asar boshidan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” so‘zlari va Madaniyat vazirligi logotipi ko‘rsatiladi).
Audiovizual asarlarni yaratish bo‘yicha ishchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Audiovizual asar ssenariysi - qog‘oz ko‘rinishida bir nusxada hamda elektron ko‘rinishida jismoniy yoki yuridik shaxsning yozma murojaati;
-Ishlatiladigan materiallar, dekoratsiyalarning soni va bahosi ko‘rsatilgan rangli eskizi;
-Ishlatilgan mato, liboslarning miqdori va bahosi ko‘rsatilgan rangli eskizi;
-audiovizual asarlarini sahnalashtirish uchun zarur materiallar, uskunalar, xizmatlarning ilovasi bilan xarajatlar sxemasi loyihasi.
Murojaat uchun: (55)502-33-77 (1310)
Telegram: https://t.me/milliy_qadriyat_bot
