Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri kasting e’lon qiladi!
2025-02-26 15:50:00 / Yangiliklar

Xor va balet artisti bo‘lishni xohlaysizmi? Unda, 2025-yil 5-mart kuni, soat 11:00da bo‘lib o‘tadigan kastingda ishtirok eting!
Kimlar qatnashishi mumkin?
Musiqali teatr va xoreografiya yo‘nalishida tahsil olgan yoki o‘qiyotgan ijodkorlar ushbu kastingda ishtirok etishlari mumkin.
Talablar quyidagicha:
Xor artisti - musiqali dramalardan ariya, xohishga ko‘ra she’r, monolog yoki masal ijro etishlari;
Balet artisti - ijro mahorati baholanadi.
Hujjat topshirish muddati: 2025-yilning 4-mart kuniga qadar pasport, diplom nusxasi va ma’lumotnomani teatr matbuot xizmati (@FiruzaDavrankulovna) ga yuborishingiz so‘raladi.
Manzil: Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri
Bog‘lanish uchun quyidagi raqamlarga murojaat etishlari mumkin:
Xor artisti: 📱(+99890) 931-13-68
Balet artisti: 📱(+99890) 925-25-46