O‘zbekiston davlat drama teatrida “Jinlar bazmi” spektakli namoyish etildi
2025-01-24 18:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha O‘zbekiston davlat drama teatrida “Jinlar bazmi” spektakli namoyish etildi. Ushbu madaniy tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar ishtirokchilari uchun tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, tuman va shahar oila va xotin-qizlar bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdilar.
“Jinlar bazmi” spektakli seminar ishtirokchilari uchun madaniy-ma’rifiy tadbir sifatida o‘tkazilib, ushbu asar o‘zining chuqur mazmuni va badiiy saviyasi bilan ishtirokchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularni o‘ylantiruvchi masalalarni hamda g‘oyalari targ‘ib qilindi.
Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari hamda tuman va shahar oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlariga O‘zbekiston davlat drama teatri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Xususan, teatr jamoasining viloyat va chekka hududlardagi qishloqlarda spektakllar namoyish etishini tashkil etish, aholining madaniy saviyasini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab olindi.