Madaniyat vazirligi xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish tashkil etildi
2024-12-25 17:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 25-dekabr kuni Madaniyat vazirligi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda vazirlik xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish tashkil etildi. Unda, madaniyat vazirligi rahbariyati, markaziy apparati xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quvda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” O‘RQ-931-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-210-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda tegishli choralarni ko‘rish” mavzusida xodimlar uchun iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.