Madaniyat va san’at sohasi vakillarining 46 nafariga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi
2024-12-25 14:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 2019-yil 20-martdagi 236-son qarori tasdiqlangan bo‘lib, fidokorona mehnat qilgan madaniyat va san’at sohasi vakillari taqdirlanadi.
Bugun, 25-dekabr kuni poytaxtdagi “Renessans kino uyi”da “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vazirligi rahbariyati, markaziy apparati, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ochib berib nutq so‘zladi.
“Inson qalbi, ongi va tafakkurini ezgu g‘oyalar asosida shakllantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan siz – jonkuyar soha xodimlari faoliyatini har qancha e’tirof etsak arziydi.
Sizlar bilan birgalikda 2024-yilda juda ko‘plab tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tkazdik.
Mamlakatimizda nufuzli xalqaro anjumanlar, tanlovlar, festivallar, hududlarning madaniyat kunlari, xorijiy davlatlarda O‘zbekiston madaniyati kunlari, kino kunlari, mahallalar, qishloq va ovullarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Bularning barchasini bevosita sizlarning bilim va salohiyatingiz, iste’dod va mahoratingiz, tajribangizga suyangan holda o‘tkazdik.
Buning uchun barchangizga chin dildan minnatdorlik bildiraman.
Shaxsan men sizlarning har biringizni fidoyi deb atagan bo‘lardim. Chunki madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritish oson ish emas. Buni sohaning ichiga kirgan odamgina biladi. Shu ma’noda, har biringiz men uchun fidoyisiz.
Bugungi bayramona tadbir bahonasida fidoyi hamkasblarimizdan bir guruhini “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlaymiz. Ushbu e’tirofga sazovor bo‘lganlarni chin dildan qutlab, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin deyman” – dedi Ozodbek Nazarbekov.
So‘ng, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirishda fidokorona mehnat qilgan, shuningdek, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan hamda yuqoridagi tadbirlarning yuqori saviyada o‘tishida o‘z xizmati, mehnati, fidokorligi bilan ishtirok etgan madaniyat va san’at sohasi vakillarining 46 nafariga vazir Ozodbek Nazarbekov tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni quyidagilarga tantanali topshirildi:
Davletnazarova Almaxan Sharipovna |
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraoʻzak tumani madaniyat boʻlimi, Qoraoʻzak OFY madaniyat markazi direktori |
Boymirzayeva Maxpuzaxon Churanboyevna |
|
Toshkent shahar Uchtepa tumani madaniyat boʻlimi “Durdona” xalq folklor etnografik jamoasi badiiy rahbari |
Jalilov Otabek Musurmonovich |
|
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar madaniyat boʻlimi mudiri |
Babamuradova Raʼno Saidmurodovna |
|
Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi Sariosiyo tuman filiali mudirasi |
Nam Natalya |
|
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Mirobod tumani 4-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi xor oʻqituvchisi |
Umarov Mamur Botashikovich |
|
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Sanʼatshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi professori |
Azimov Maxmudjon Maxsutovich |
|
Toshkent shahar shayxontoxur tumani 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabi deriktori |
Abdullayev Dilmurod Ramazonovich |
|
Navoiy viloyati “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bo‘limi xodimi |
Xo‘jayev Dilmurod Bakiyevich |
|
Buxoro viloyati “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bo‘limi boshlig‘i |
Zaripxan Kamilla Singatullayevna |
|
Karim Zaripov nomidagi respublika estrada va sirk kolleji o‘qituvchisi |
Raxmanov Abdivali Xolikovich |
|
Qashqadaryo viloyati Qoʻgʻirchoq teatri sahna nazoratchisi |
Xurramov Suxrob Numonovich |
|
Oʻzbekiston davlat drama teatri aktyori |
Karabanova Yana Valentinovna |
|
Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri bosh xormeysteri |
Mignarev Abduxalil Abdullayevich |
|
Erkin ijodkor (Aktyor) |
Xolmirzayev Boir Mirzaaliyevich |
|
Erkin ijodkor (Aktyor) |
Xalxudjayev Rustam Abduxalik oʻgʻli |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi ikkinchi toifali artist-maqomchisi |
Abduvaxobov Obidjon Asatullayevich |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi ikkinchi toifali artist-sozandasi |
Xasanova Farogʻat Valibayevna |
|
Oʻzbek milliy moqom sanʼati markazi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi toifasiz artist-maqomchisi |
Haydarov Qutlugʻ Hamdamovich |
|
Oʻzbek milliy maqom sanati markazi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi birinchi toifali artist-maqomchisi |
Abdullayev Doniyorbek Xayrullo oʻgʻli |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati |
Shoraximova Yorqinoy Maxmudovna |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati Namangan viloyati xududiy boʻlimi 2-toifali artist-maqomchisi |
Xoldorxujayev Orifxon Saidxujayevich |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati |
Umarov Muzaffar Nuraliyevich |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi 1-toifali artist maqomchisi |
Xudayberganov Kuvondik Egamovich |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi 1-toifali artist maqomchisi |
Ibragimov Nuriddin Basimovich |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi maqomchi sozandasi |
G‘ofurova Lutfiya Muradillayevna |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi ikkinchi toifali artist maqomchisi |
Baxridinov Fayozjon Tojiboyevich |
|
“Oʻzbek millliy maqom sanʼat markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi 2-toifali artist maqomchisi |
Toshov Umidjon |
|
Oʻzbek millliy maqom sanʼat markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi toifasiz artist maqomchisi |
Boymamatova Nozima Hamdam qizi |
|
Oʻzbek millliy maqom sanʼat markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi toifasiz artist sozandasi |
Abdullayev Eldor Nurjovovich |
|
Oʻzbek millliy maqom sanʼat markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi |
Sabirov Matyakub Durdiyevich |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Xorazm viloyati hududiy boʻlimi toifasiz toifali artist-sozandasi |
Allaberganov Shanazar Shamuratovich |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Xorazm viloyati hududiy boʻlimi toifasiz toifali artist-sozandasi |
Niyazmetov Ganijan Jumanyazovich |
|
Xorazm viloyati “Xorazm” maqomchilar ansambli sozandasi |
Raximova Imsinoy Xaytboyevna |
|
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Xorazm viloyati hududiy boʻlimi toifasiz artist-maqomchisi |
Akbarov Abdulla Makhsutalievich |
|
Margʻilon shahar musiqali maqom teatri dramma artisti (askiya boʻyicha) |
Djabbarov Raxmatulla Mamatovich |
|
Oʻzbekiston qirgʻiz milliy madaniy markazi raisi |
Mamedov Mobil |
|
Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi |
Masharipov Erkebay |
|
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti teatr bezagi rangtasviri kafedrasi dotsenti, Badiiy ijodkorlar uyushmasi Rangtasvir shoʻbasi aʼzosi |
Kuldashev Kaxramon Abdukarimovich |
|
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi |
Djurayeva Gulchehra Sadikovna |
|
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Kaxxorov Toxir Yuldashevich |
|
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Xodjamberdiyeva Zamiraxon |
|
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi |
Mallabayev Avazbek Ganijanovich |
|
Andijon davlat universiteti sanʼatshunoslik fakulteti “Musiqiy taʼlim” kafedrasi professori, bastakor |
Xolxoʻjayeva Nigora Xakimovna |
|
Mehnat faxriysi, Erkin ijodkor |
Aliyeva Nazokat |
|
Karim Zaripov nomidagi respublika estrada va sirk kolleji o‘qituvchisi |
Mahkamov Otabek Erkinovich |
|
Erkin ijodkor |
Ma’lumot uchun, 2024-yil davomida “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni fidokorona mehnat qilgan 300 nafardan ortiq madaniyat va san’at sohasi vakillariga topshirilgan.