Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti haqida bilasizmi?
2024-10-31 08:45:00 / Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 2-sentabrdagi 536-sonli “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari negizida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etildi. U maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
2024/2025 o‘quv yili uchun institutimizga 5 ta kunduzgi bakalavriat, 2 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishlari hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha umumiy 225 nafar abituriyentlar talabalikka qabul qilingan.
Institut haqida batafsil https://uzmmsi.uz/index.html shu yerda bilib olishingiz mumkin.
Ma'lumot o'rnida, bugungi kunda Madaniyat vazirligi tizimida jami 9 ta oliy ta’lim muassasalari mavjud.