“Cho'liq” filmi tasvirga olinmoqda
2024-10-30 14:45:00 / Yangiliklar

#Kino_yangiliklari
O'z hayotini cho'ponlik kasbiga baxshida etgan, mehnat ortidan rohatga erishgan matonatli inson taqdiri va kechinmalari haqida badiiy film yaratilmoqda.
Loyiha Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Qishloq xo'jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida "Art zamon media" kinostudiyasi tomonidan yaratiladi.
“Cho'liq” kinokartinasida yurtimizning chiroyli go'shalari, ona tabiatning bag'ridagi ko'zga ko'rinarli nuqtalar, ko'rkam tog'li manzaralar ko'rsatiladi.
Suratga olish ishlari Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo tumanlarida, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining turli lokatsiyalarida bo'lib o'tadi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Jamoliddin Qo'ziboyev, postanovkachi operator Umid Malikov, rassom Huseynbay Eshniyazov, montaj ustasi Doniyor Shokarimov, kartina direktori Shohrux Ne'matov.
Rollarda Karim Mirhodiev, Tohir Saidov, Ulug’bek Muhammadkarimov, Fotima Rejametova, Farhod Xudoyberdiev, Farina Oybekzoda.
Ayni kunlarda filmning suratga olish ishlari Navoiy viloyatida bo'lib o'tmoqda.