Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi
2024-10-22 18:50:00 / Yangiliklar

Bugun, 22-oktyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda, madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov, vazirlik mas'ullari, teatr direktorlari va xodimlari hamda hududiy studiyalardan tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda davlat teatrlari va teatr-studiyalari hamda “O‘zbeksirk” davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, ularning samaradorligi tahlili va 2024-yil yakuniga qadar belgilangan reja ko‘rsatgichlariga erishish holati muhokama etildi.
Shuningdek, sohada erishilgan yutuq va kamchiliklar tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi va muhokama qilindi.






